Xavfsizlik

Nizolar qanday hal qilinadi?

Kelishmovchilik yuzaga kelganda mablag' qanday himoyalanadi va qaror qanday chiqariladi.

Bosqich bo'yicha kelishmovchilik chiqsa, avval o'zgartirish so'rash tavsiya etiladi — bu ko'pincha muammoni tezroq hal qiladi.

Kelishuvga erishilmasa, ikkala tomon ham nizo ochishi mumkin. Nizo ochilgach, tegishli bosqich summasi muzlatiladi — hech kimga o'tmaydi.

Har ikki tomon o'z dalillarini (yozishmalar, fayllar, izohlar) taqdim etadi. Bobololadono jamoasi ularni ko'rib chiqib, adolatli qaror qabul qiladi.

Qaror chiqqach, muzlatilgan summa qarorga muvofiq mutaxassisga o'tkaziladi yoki xaridor balansiga qaytariladi.

Hali yordam kerakmi?